«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Van Persi futbol tarixidagi eng yaxshi 6ta o‘yinchini aytdi

Niderlandiya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Robin van Persi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bir muxlisning «Futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilar kimlar?» degan savoliga javob berdi.

«Kruiff, Maradona, Zidan, Ronaldo, Messi, Ronaldu», – deb yozadi van Persi o‘zining «tvitter»dagi rasmiy sahifasida.

36 yoshli van Persi faoliyati davomida «Feyenoord», «Arsenal», «Manchester Yunayted», «Fenerbahche» klublarida o‘ynagan. Niderlandiya milliy jamoasida 102ta o‘yinda 50ta gol urgan. U «MYU» bilan APL g‘olibligini va Angliya Superkubogini, «Arsenal» bilan Angliya Kubogi va Superkubogini, «Feyenoord»da esa UEFA Kubogi, Niderlandiya Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.

manba: tribuna.uz

Comments are closed.