«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Ronaldino «Arsenal» hujumchisini Ronaldoga qiyosladi

«Barselona»ning sobiq yarimhimoyachisi Ronaldino «Arsenal»ning braziliyalik yosh hujumchisi Gabriel Martinellini maqtadi.

«Biz, brazillar, u uchun muxlislik qilmoqdamiz. Iste’dodga ega bo‘lish – boshqa ish, ammo 18 yoshda ishonchli o‘yin ko‘rsatish – boshqa ish.

U menga Ronaldoni eslatib yubormoqda. Uning Yevropadagi ilk mavsumini: u 30 gol urgan va hamma u haqida o‘ylay boshlagandi: «Bu braziliyalik yigitcha kim bo‘ldi?».

U to‘pni so‘rardi va raqibdan qochib ketardi, u qanday raqibga qarshi maydonga tushishidan qat’i nazar unda hech qanday qo‘rquv bo‘lmasdi. Men Martinellida ham shuni ko‘ryaman.

U shunchaki to‘pga birinchi bo‘lib yetib borishni va raqib darvozasiga gollar urishni istaydi. Ronaldo jahonning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgandi – buni Martinelli ham maqsad qilishi mumkin. 

Image

Ishonamanki, uning  Braziliya terma jamoasi uchun birinchi o‘yini uzoq kuttirmaydi. U tayyor. Terma jamoa azaldan futbolchilarning yoshiga qarab o‘tirmagan. Ronaldo 17 yoshida o‘ynagan, Neymar va Jezus ham o‘smirligidayoq asosiy tarkib futbolchisiga aylanishgan.

Agar futbolchining qobiliyati va talanti bo‘lsa, unga imkon beriladi. Martinellining iste’dodini butun dunyo ko‘rib turibdi», – deya Ronaldinoning so‘zlarini keltirmoqda Mirror.

Ma’lumot uchun, Martinelli ushbu mavsumda «Arsenal» safidagi barcha turnirlarda 21 o‘yinda 10ta gol urishga erishdi.

Bundan avvalroq «Real» Martinelliga qiziqa boshlagani xabar qilingandi.

manba: tribyna.uz

Comments are closed.