«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Koronavirus: Xitoyda qurbonlar soni 425 kishiga yetdi
Koronavirus: Xitoyda qurbonlar soni 425 kishiga yetdi

Bugun, 4 fevral kuni olingan ma’lumotga ko‘ra, Xitoyda koronavirus qo‘zg‘agan pnevmoniya oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 425 kishiga yetdi. Bu haqda «Argumenti.ru» XXR sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi ma’lumotiga asoslanib xabar berdi.

Kecha, 3 fevral kuni Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 361 kishiga yetgandi.
Pnevmoniya bilan kasallanganlar jami soni 20438 kishini tashkil etmoqda. Ma’lum qilinishicha, hozir 2788 kishining ahvoli og‘ir, 632 nafar tuzalgan bemorga esa uyiga javob berilgan.

Oxirgi sutkalarda mutaxassislar yana 3235 nafar kasalni aniqlashdi. Ayni paytda Xitoyda yana 23214 nafar bemorda aynan koronavirusning yangi turi borligi gumon qilinmoqda.

zamin.uzdan olindi

Comments are closed.