«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

AQShda demokratlar orasida prezidentlikka nomzod aniqlash boshlandi

The New York Times gazetasining yozishicha, 3 fevralda Ayova shtatida demokratlarning ilk partiya yig‘ilishlari boshlangan. Unda prezidentlikka nomzod ko‘rsatish masalasi ko‘rilmoqda. Dastlabki yig‘ilish yakunlari shuni ko‘rsatmoqdaki, hozircha partiya faollari eng ko‘p senator Berni Sandersni qo‘llab quvvatlamoqda, sobiq vitse-prezident Jo Bayden va Saut-Ben (Indiana) shahri sobiq meri Pit Buttejajlar ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni bo‘lishib turibdi.

AQShda demokratlar orasida prezidentlikka nomzod aniqlash boshlandi


Nashrning ta’kidlashicha, bu yakuniy xulosa emas, balki yig‘ilishga kelganlar orasida o‘tkazilgan so‘rov natijasidir. Lekin ushbu tadbir ham partiya tomonidan prezidentlikka nomzod ko‘rsatishda kim ko‘proq imkoniyatga egaligi borasida dastlabki xulosalarni berishi mumkin. So‘rovda Sanders 33 foiz, Bayden 28 va Buttejaj 21 foiz ovoz olgan.

Partiya faollarining bunday yig‘ilishlar kokuslar deb ataladi va ular sportzallarda va oshxonalarda, savdo do‘konlari va o‘t uchiruvchilar qismlarida o‘tkaziladi. Ushbu yig‘ilishlarda partiyaning bo‘lajak s’ezdlarida mamlakat prezidentligiga u yoki boshqa nomzodlarni qo‘llab quvvatlaydigan delegatsiyalar saralanadi.

manba: O’zA

Comments are closed.