«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Urib tushirilgan «Boing» uchun Eron taklif etgan kompensatsiya Zelenskiyni qoniqtirmadi

«Argumenti.ru» yozishicha, Eron Tehron yaqinida urib tushirilgan samolyot qurbonlari oilalariga taklif etayotgan badal puli Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni qoniqtirmadi. Uning nazarida taklif etilayotgan mablag‘ kam, shu bois Kiyev kattarog‘ini undirishga harakat qiladi.

Urib tushirilgan «Boing» uchun Eron taklif etgan kompensatsiya Zelenskiyni qoniqtirmadi

Eron «Ukraina xalqaro avialiniyalari»ga qarashli «Boeing 737» samolyoti halokatidan qurbon bo‘lganlarning oilalariga 80 ming dollardan berishga rozi bo‘lgandi.

Bortida 176 kishi bo‘lgan Ukraina samolyoti Eron raketalari bilan urib tushirilgani haqida xabar bergandik. Halokat oqibatida samolyotdagi bironta inson omon qolmagandi.

Comments are closed.