«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Ronaldu futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida kuchli uchlikka kirdi

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu rasmiy o‘yinlardagi gollari bo‘yicha futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar poygasida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Portugaliyalik futbolchi tomonidan «Fiorentina» darvozasiga urilgan 2ta gol tufayli Ronalduning jami gollari soni 722taga yetdi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha u afonaviy germaniyalik futbolchi Gerd Myuller (720)dan o‘tib ketdi.

Krishtianudan oldinda braziliyaliklar — Pele (767) va Romario (734) borishmoqda.

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi 707ta gol bilan beshinchi o‘rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

Comments are closed.