«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Qozog‘istonda koronavirus xavfi bilan 80 kishi kasalxonaga yotqizildi
Qozog‘istonda koronavirus xavfi bilan 80 kishi kasalxonaga yotqizildi

Qozog‘istonda Xitoy bilan chegaradosh mamlakatlardan kelgan fuqarolar monitoring qilinmoqda. 2020 yil 6 yanvaridan 2 fevraligacha Qozog‘istonga 27 ming 448 odam kelgan, deb xabar berdi Kazinform QR Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy saytiga havola qilib.

Vazirlik tasarrufidagi Tovarlar va xizmatlar sifati va xavfsizligini nazorat qilish qo‘mitasining sanitar-karantin punktlari mutaxassislari Almati xalqaro aeroportida — 20 ming 613 odamni, temir yo‘l vokzallarida – 399 yo‘lovchini tekshirdi.

«ORVI belgilari bilan 80 odam alohida kasalxonaga yotqizildi. Shundan 39 nafari davolanib chiqdi. Hozir statsionarlarda 41 odam yotibdi. Barcha bemorlardan probalar olinib, qo‘shimcha tekshirish uchun Ayqimbayev nomidagi o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar milliy ilmiy markaziga yuborildi. Markazda yangi koronavirusni aniqlaydigan PTR-diagnostika metodikasi mavjud», — deyilgan xabarda.

manba: sof.uz

Comments are closed.