«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

«Nasaf» klubi Azizjon G’anievning transferiga oid OAVda tarqalgan xabarlarga rasmiy bayonot berdi

Xabaringiz bor, sport OAV larida Azizjon G’anievning transferi amalga oshganligi haqida xabarlar tarqaldi.

«Haqiqatdan ham Azizjon G’aniev borasida xorijiy klub bilan muzokaralar olib borilmoqda. Agarda tomonlar shartnoma bandalarini kelisha olishsa G’aniev legionerga aylanadi. Transfer amalga oshsa, bu haqida siz aziz muxlislari xabardor qilamiz.»- deyiladi klub xabarida.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Azizjon G’aniev faoliyatini BAA klubida davom ettirishi, «Shabab Al Ahli» klubiga ko’chib o’tgani,  «Nasaf» ushbu transfer orqali taxminan 5 milliard so’m ishlab olgani aytilgandi.

manba: nasafnews

Comments are closed.