«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Shumak konidagi yana bir quduqdan neft olina boshlandi

Qashqadaryo viloyati Muborak tumani hududida joylashgan Shumak konidagi 10-sonli quduq ishga tushirildi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli Shumak konidagi 10-sonli quduqni ishga tushirish va burg‘ulash ishlari “ERIELL Oilfield Services Middle East DMCC” kompaniyasi ko‘magida amalga oshirildi.

Quduq 2196 metr chuqurlikkacha burg‘ulandi. Natijada sanoat miqyosidagi kunlik 10 ming kub metr gaz va 7,6 kub metr neft oqimi olishga erishildi.

Eslatib o‘tamiz, bu loyiha Prezidentimizning 2017 yil 9 martdagi “2017-2021 yillarda uglevodorod xom ashyosini qazib olishni oshirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosiga asosan bajarildi.

O‘zA

Comments are closed.