«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Navoiyda epidemik vaziyat nazorati kuchaytirilmoqda

Navoiy transport prokuraturasi tomonidan yangi virusning kirib kelishini oldini olish yuzasidan mazkur sohada mutasaddi idoralar faoliyati nazorat ostiga olindi.

Hozirda viloyat IIB, Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi, chegara qo‘shinlari, bojxona boshqarmasi, temir yo‘l va havo yo‘llari transporti ob’ekti va tibbiyot hamda DSEOM xodimlari bilan hamkorlikda viloyat hududiga kirib kelayotgan fuqarolar maxsus tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib, migratsiya nazorati kuchaytirilmoqda.

Shuningdek, soha xodimlari tomonidan boshqa hududdan kelayotgan fuqarolarga virusning simptomlari hamda zarurat bo‘lmaganda, virus tarqalgan xorijiy davlatlarga ham vaqtinchalik bormasliklari haqida keng ko‘lamli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Shu qatorda hushyorlikni oshirish maqsadida DSEOM xodimlari tomonidan poezd va samolyotlarda yo‘lovchilar bilan muntazam aloqada bo‘ladigan xodimlarga ham o‘quv-seminari tashkil etilib, xavfsizlik choralari ko‘rilmoqda.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati
O’zA

Comments are closed.