«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Murodjon Ahmadaliyev — ikki yo‘nalishda Jahon chempioni. U chempion Daniel Romanni taslim qildi

Professional boksning ikkinchi yarim yengil vazn (-55,34 kg) toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik (7-0, 6 KO) Murodjon Ahmadaliyev Toshkent vaqti bilan 31-yanvar kuni AQShning Mayami shahrida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Murodjon mazkur jangda WBA va IBF kamarlari sohibi Daniel Romanga (27-2-1, 10 KO) qarshi ringga ko‘tarildi. Jang chempionlik kamalari uchun kechgan 12 raundlik jang to‘liq davom etdi.

Hakamlar qaroriga ko‘ra, o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev g‘olib deb topildi. Ikkita hakam Ahmadaliyev foydasiga 115:113 hisobini qayd etgan bo‘lsa, yana biri 113:115 hisobida Roman foydasiga qaror chiqardi.

Shu tariqa Murodjon professional boksda Jahon chempioni maqomini qo‘lga kiritdi va O‘zbekiston tarixida ilk marta bir yo‘la ikkita kamarga ega chiqdi.

manba: daryo.uz

Comments are closed.