«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Sudning vazifasi faqat jazo tayinlashmas…

Ilgari aksariyat fuqarolar sudga faqat jazolovchi organ sifatida qaragan. So‘nggi yillarda sud sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida sud adolat qo‘rg‘oniga aylandi.
2-guruh nogironi bo‘lgan fuqaro Sh.Abdukarimov 2019 yil aprel oyi boshlarida yashash xonadoni tomorqasiga 3 tup tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan nasha giyohvandlik o‘simliklarini plastmassadan ishlangan tuvakka ekib, agrotexnik ishlov berib, ularni parvarish qilib, yetishtirib kelgan. Faqatgina IIB xodimlarining o‘z vazifalarini sidqidildan bajarishlari oqibatidagina yuqoridagi holat aniqlangan.
Ishni sudda ko‘rish jarayonida sudlanuvchi pushaymonlik bildirdi. Qo‘shnilari Sh.Abdukarimov haqida ancha yildan buyon tanishi, 2-guruh nogironi ekanligi, yashash xonadoni yonib ketgani, turmush o‘rtog‘i va ikki nafar farzandi bilan birga yashashi, oilaviy sharoitlari juda ham og‘irligi, so‘nggi yillarda uni boshiga ko‘p tashvish tushgani, u haqida biron nojo‘ya fikr eshitmagani, ijobiy tavsiflashini aytib o‘tishdi.
Bu holatda sudni oldida Sh.Abdukarimovga nisbatan jazo tayinlash kerak yoki yo‘q degan vazifa turgan edi. Albatta avvalo qonun yo‘l qo‘yishi, shuningdek, insoniylik jihatidan ham kelib chiqib, sudlanuvchini tergov va sudda to‘g‘ri ko‘rsatuv berib, jinoyatni ochilishida faol yordam bergani, aybiga to‘liq iqror va qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi kabilarni hisobga olib, sud bu holatda sudlanuvchiga jazo tayinlansa adolatsiz bo‘ladi degan xulosaga keldi va uni jazodan butunlay ozod qildi.
Sh. UMAROV,Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudyasi

O‘zA

Comments are closed.