«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Qozog‘istonlik yigit qizlar yuragini bir zumda zabt etdi (video)

Ijtimoiy tarmoqda Qozog‘iston Qutqaruv xizmati tarqatgan video keng tarqalmoqda. Unda qor ostida bir kun qolib ketgan yigit o‘zi bilan birga mushukchani ham qutqarib qolgani aks etgan.

Ushbu voqea 23 yanvar kuni Qozog‘istonning Kostanay viloyatidagi Aksay posyolkasi yaqinida sodir bo‘lgan. Dalaga ishlash uchun borgan ikki nafar ishchilar kuchli bo‘ronda qolib ketishadi. Yigitlar qordan “koreyaliklar yerto‘lasida” yashirinib olishadi.

Qutqaruvchilar ularni topguniga qadar ular qor ostida bir sutka qolib ketishadi. Ularni birma bir qor ostidan chiqarib olganda yigitlardan biri o‘zi bilan kichik mushukchani ham olib chiqadi. U mushukchani g‘amxo‘rlik bilan ko‘ksiga bosib turishi qutqaruvchilarning videosiga tushib qoladi.

Ushbu operatsiyasi haqidagi videolavha ijtimoiy tarmoqlarda bir zumda ommaviylashib ketadi. Video ostida qoldirilgan izohlar aksariyat qizlarga tegishi bo‘lib, ular shunday yigitga hatto turmushga chiqishga rozi ekanliklarini aytishgan.

Ma’lumki, bu yil Qozog‘istondan g‘ayritabiy ravishda ko‘p qor yog‘moqda. Poytaxt Nur-Sultonda shu kunlarda qor qalinligi 50 santimetrdan oshib 64 yillik rekord o‘rnatgan. Avtomobil yo‘llarida harakat to‘xtagan. Mashinalar FVV maxsus texnikasi yordamida sutkasiga bir necha marotaba karvon bo‘lib harakatlanmoqda.

Manba: zamin.uz

Comments are closed.