«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Oʼzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish Аgentligi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi faoliyati toʼgʼrisida

Oʼzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish Аgentligi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 yanvardagi 5630-sonli “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoni bilan tashkil etilgan boʼlib, faoliyatining asosiy vazifalari etib:

  • davlat aktivlarini boshqarish, davlat ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushini boshqarishning bozor mexanizmlarini ishlab chiqish, davlat ishtirokidagi korxonalarda zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy etish, ushbu korxonalar faoliyatining samaradorligi uchun ularning boshqaruv organlari masʼuliyatini oshirish;
  • davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirishdan oldin tayyorlashning, shu jumladan ularning jozibadorligini va ularni boshqarishning samaradorligini oshirishni koʼzda tutuvchi samarali mexanizmlarini joriy etish boʼyicha xorijiy, xalqaro institutlar va kompaniyalar bilan samarali ishlashni tashkil etish, davlat ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushlarini bosqichma-bosqich qisqartirish, samarali va shaffof xususiylashtirishni taʼminlash belgilangan.
    Oʼzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan 2019 yil davomida tizim oldiga qoʼyilgan vazifalardan kelib chiqib, qator ishlarni amalga oshirdi.
    Jumladan, viloyatda boʼsh turgan davlat mulki obʼektlarini aniqlash, mahalliy hokimliklar va balans saqlovchi tashkilotlar bilan hamkorlikda ulardan kelgusida samarali foydalanish boʼyicha takliflar ishlab chiqish va ularni amalga oshirib borib, xatlovlar natijasida aniqlangan 450 ta boʼsh turgan davlat mulki obʼektlaridan 137 tasining faoliyati tiklandi, 23 ta obʼekt yoʼlga tushganligi va boshqa holatlar sababli oʼrnatilgan tartibda buzib olindi, 31 tasi aholini ehtiyoji uchun belgilangan tartibda turar joyga oʼtkazildi, 83 tasi tadbirkorlik subʼektlariga berildi.
    Shu bilan birgalikda, viloyat hokimining 2019 yil 25 dekabrdagi X-1482-sonli karori qabul qilinib, boʼsh turgan 176 ta obʼektning har biri boʼyicha tegishli tadbirlar belgilandi. Shundan, 108 ta boʼsh turgan davlat mulki obʼektlarini (86 ta obʼekt “yoʼl xarita”si ishlab chiqilmaganligi sababli, 22 ta obʼekt davlat xususiy sheriklik asosida) tadbirkorlik subʼektlariga berish orqali samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida reja-jadvali ishlab chiqilib, har biriga maʼsul xodimlar biriktirildi.
    Boʼsh turgan davlat mulki obʼektlarini tadbirkorlik subʼektlariga faoliyatini yoʼlga qoʼyish maqsadida investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda 1 soʼmga teng qiymatdagi boshlangʼich narxda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida auktsion savdolari orqali sotilishi tadbirkorlarga keng imkoniyat yaratdi.

  • 2019 yil davomida Xususiylashtirish dasturlari asosida 44 ta boʼsh turgan davlat obʼektlari “1 soʼm” qiymatida investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasi orqali 20,9 mlrd. soʼm va 150,0 ming АQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish xamda 492 ta yangi ish oʼrinlarini yaratish majburiyatlari bilan sotildi.
    Shuningdek, hozirgi kunda 13 ta boʼsh turgan davlat koʼchmas mulk obʼektlari 14,4 mlrd. soʼmlik investitsiya kiritish va 131 ta yangi ish oʼrinlarini yaratish majburiyatlari bilan “1 soʼm” qiymatdagi boshlangʼich narxda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida auktsion savdosiga qoʼyilgan.
    Viloyatda investitsiya majburiyatlari bilan sotilgan va harakatda boʼlgan jami 109 ta obʼekt bilan tuzilgan shartnomalar mavjud boʼlib, tuzilgan shartnomalarga koʼra ularga 2019 yilda qurilish-taʼmirlash hamda asbob-uskunalar koʼrinishida 30,9 mlrd. soʼm va 640 ming АQSh dollari miqdorida investitsiyalar kiritilishi hamda 104 tani yangi ish oʼrinlari yaratilishi belgilangan.
    2019 yilda ushbu obʼektlarga investorlar tomonidan jami boʼlib
    34,1 mlrd. soʼm va 756 ming АQSh dollari miqdorida
    qurilish-taʼmirlash hamda asbob-uskunalar koʼrinishida investitsiyalar kiritilgan va 124 ta yangi ish oʼrinlari yaratilgan.
    Bankrotlik masalalari boʼyicha- 2019 yilning 30 dekabrь holatiga iqtisodiy sudlar tomonidan bankrot deb topilgan jami 468 ta korxonalarda tugatish ishlari olib borilgan, shundan 290 tasi 2019 yilda bankrot deb topilgan.
    Ulardan 282 tasi (60,3%) tugatilib, davlat reestridan chiqarilishi taʼminlangan va 35 ta (7,5%) bankrot korxonani toʼlov qobiliyati tiklanganligi sababli tugatishga doir ish yuritish tugatilgan. Jami 317 ta (67,7%) bankrot korxonada tugatish ishlari yakunlangan.
    2020 yilda yil yakuniga qadar bankrotlik ishlari yakunlanmay qolgan bankrot korxonalarni tugatish ishlarini sud boshqaruvchilari tomonidan yakunlash choralarini koʼriladi.
    Shuningdek, hududiy boshqarma tomonidan 2020 yilda hukumat qarorlari asosida xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlarini, viloyatda boʼsh turgan davlat obʼektlarini “bir” soʼm qiymatda “E-ijro auksion” elektron savdo maydonchasiga muntazam savdoga chiqarilishini taʼminlaydi. Bu esa oʼz navbatida tadbirkorlarga keng imkoniyat yaratilishi bilan bir qatorda iqtisodiyotda raqobat muhiti mustahkamlanadi, yangi ish oʼrinlari yaratiladi.
    Shu bilan birga, Viloyat davlat aktivlarini boshqarish boshqarmasi tomonidan hududda davlat ishtirokidagi korxonalarda zamonaviy uslublarni joriy etgan holda har bir tashkilot – korxonalarni iqtisodiy rentabelligini oshirishda, biznes rejalarini tuzishda, korporativ boshqaruvini joriy etilishini taʼminlaydi.
  • Oʼzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish Аgentligi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi raxbari SULTONOV MUSTAFXON
  • XALIM SALIMOV muxbir

Comments are closed.