«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

“Barselona“ Koutinoni ortga chaqirdi

Kataloniyaning “Barselona” klubi yozda “Bavariya”ga ijaraga bergan yarim himoyachisi Filippe Koutinoni muddatidan avval ortga qaytarishni rejalashtirmoqda.

“Ko‘k-anor ranglilar” mavsumning ikkinchi qismida jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirishmoqchi va bu borada aynan braziliyalik futbolchini tarkibga qaytarishni o‘ylashmoqda.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli Koutino joriy mavsum “Bavariya” safida 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7 ta gol hamda 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan edi.

Comments are closed.