«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

AQSh va Meksika chegarasida “Tramp devori” qulab tushdi

AQSh va Meksika o‘rtasidagi chegara bo‘ylab qurilayotgan “Tramp devorlari”ning bir qismi kuchli shamol sabab qulab tushdi, deb xabar beradi The Guardian.

Foto: “Kommersant”

Ma’lum bo‘lishicha, devorning qismlari Meksika tomoniga qulagan. “Meksika hukumati tezkorlik bilan vaziyatga aralashib, qo‘shni ko‘cha bo‘ylab harakatni to‘xtatishga muvaffaq bo‘ldi”, — deydi chegarachilardan biri. Uning aytishicha, bu kabi ko‘ngilsiz hodisalarning kelajakda qaytarilmasligi uchun vaziyat qurilish pudratchisi bilan muhokama qilinadi.

Prezident Donald Tramp 2016-yilgi saylovoldi kampaniyasi vaqtida AQSh va Meksika chegarasini devor bilan himoyalashga va’da bergandi. 2019-yilning yozida Oliy sud devor qurilishi uchun Pentagon fondidan 2,5 milliard dollar ajratishga rozilik bergandi.

manba: daryo.uz

Comments are closed.