«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

5 ta muhim tashabbus doirasida sport festivali o‘tkazildi

Yurtimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus ilgari surilgan edi. 
Ushbu tashabbuslarning har biri mamlakatimizdagi ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda amaliyotga joriy qilinib, o‘tgan davr mobaynida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganligini alohida ta’kidlash joiz.
5 ta tashabbusning ikkinchi yo‘nalishi yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan bo‘lib, poytaxtimizdagi 64-umumta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida “Sport festivali” bo‘lib o‘tdi.
Festival doirasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Quvnoq startlar” o‘tkazilib, dzyudo va boks bo‘yicha ko‘rgazmali mashqlar namoyish etildi. Shuningdek, Fudokan karate-do federatsiyasi a’zolari, respublika va jahon chempionati g‘oliblari, Mudofaa vazirligining faxriy harbiylari, Milliy gvardiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Badiiy gimnastika chiqishlari, shaxmat, shashka o‘yinlari, raqslar, Milliy gvardiya xodimlarining namunali mashg‘ulotlari o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otdi.
Tadbir davomida “Quyosh sistemasi” mavzusida ochiq dars ham tashkil etildi.

O‘zA

Comments are closed.