«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Ispaniya Kubogi. «Atletiko» kutilmaganda Segunda B jamoasiga mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi

Ispaniya Kubogining 1/16 finalida «Atletiko» safarda Segunda B jamoasi «Kultural Leonesa»ga qarshi bahs yuritib, qo‘shimcha taymlarda o‘tkazib yuborilgan gol evaziga mag‘lubiyatga uchradi.

Ma’lumot uchun, Segunda B Ispaniyada darajasi jihatidan 3-ligadir.

Shu tariqa «Atletiko» o‘z tarixida 4-bor 3-liga jamoasiga imkoniyatni boy berib, Ispaniya Kubogidan chiqib ketdi.

So‘nggi bor bundan holat 2011 yili «Albasete» bilan sodir bo‘lgan (2:1; 0:1) va o‘shandan so‘ng klub boshqaruviga Diyego Simeone kelgandi.

Ispaniya Kubogi, 1/16 final
Kultural Leonesa – Atletiko 2:1

Gollar: Kastaneda (83), Benito (108) – Korrea (62).
Kultural Leonesa: Jiffar, Montes, Rodas, Kastaneda, Terezen, Luke (Dioni, 70), Augusto Galvan (Kavayya, 59), Gudino, Martines (Alfonsito, 93), Fernandes Lopes (Serxio Markos, 81), Serxio Benito. 
Atletiko: Adan, Sanches, Felipe, Aryas, Ermoso, Vitolo (Shaponich, 60), Errera (Tomas, 46), Joau Feliks, Saul, Korrea (Rikelme, 102), Lorente (Kamelo, 99).
Ogohlantirishlar: Augusto Galvan (37), Luke (40), Lorente (43), Dioni (74), Saul (74), Martines (81), Serxio Markos (117).

Manba: Tribuna

Comments are closed.