«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Xitoyda o‘tishi lozim bo‘lgan xalqaro turnir bekor qilindi

Bunga dunyoning eng ko‘p aholisi yashaydigan mamlakatda tarqalgan virus kasalligi sabab bo‘ldi.

Joriy yilning 3-14 fevral kunlari Xitoyning Uxan shahrida boks bo‘yicha Tokio Olimpiadasiga litsenziya beruvchi musobaqa o‘tkazilishi kerak edi. Biroq, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot vazirligi xabariga ko‘ra, Uxan shahrida hayot uchun xavfli korona virusning tarqalishi sabab musobaqa bekor qilingan.

Ushbu musobaqa faqat Osiyo-Okeaniya hududidagi davlatlar bokschilari uchun joriy yilning yozida bo‘lib o‘tadigan Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmalar taqdim etilar edi.

Endilikda ushbu turnir Xitoyning boshqa bir shahrida yoki umuman boshqa davlatda o‘tkazilishi mumkin. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi sha’feligida o‘tadigan litsenzion musobaqa qachon va qaerda bo‘lib o‘tishi tez kunlarda ma’lum qilinishi aytilmoqda.

O‘zA

Comments are closed.