«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

«Paxtakor» jahonning eng kuchli 150 jamoasi qatoridan o‘rin oldi

«Paxtakor» jahonning eng kuchli klublari reytingida o‘z mavqeini ancha yaxshilab oldi.

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federasiyasi (IFFHS) jahonning eng kuchli 400 klublari reytingini e’lon qildi. Ushbu reytingda «Paxtakor» 140-pog‘onada joylashgan. Jamoamiz hisobida 112 ochko bor va bu Osiyoda kuchli o‘nlikdan o‘rin olishimizni ta’minladi. «As-Sadd» bilan birgalikda «Sherlar» 6-7 pog‘onadan o‘rin egallashgan.

2018 yil «Paxtakor» ushbu reytingda 394-o‘rinda bo‘lgandi. Bir yil ichida jamoamiz 254 pog‘ona yuqorilashga erishdi.

IFFHS 1991 yildan beri har oy klublarni baholab keladi. Reytingda jamoalarning xalqaro uchrashuvlari, milliy chempionat va kubokdagi natijalari 1/16 finaldan boshlab qayd etiladi.

Mamlakatlar bunda chempionat kuchidan kelib chiqib, 4 toifaga ajratiladi. Eng kuchli ligalar klublari har bir g‘alaba uchun 4 ochkoga ega bo‘lishadi. Pastroq saviyali davlatlar jamoalari mos ravishda g‘alaba uchun 3 ochko jamg‘arishadi.

Manba: pakhtakor.uz

Comments are closed.