«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

O‘zbekiston ta’lim mamlakatiga aylanadi
O‘zbekiston ta’lim mamlakatiga aylanadi

Davr nafasi 
Yurtdoshlarimiz nihoyatda muhim bir siyosiy voqelikni intiqlik bilan kutmoqda. Bu – Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.
Biz oliy ta’lim vakillari ham ushbu Murojaatnomadan o‘z sohamiz taraqqiyoti bilan bog‘liq ko‘p narsalar kutmoqdamiz.
Muayyan bir jabhaning taraqqiyoti o‘sha soha mutaxassislarining uquvi, malakasi, dunyodagi shu yo‘nalishning rivojlanish tendensiyalarini qanchalik o‘zlashtirgani bilan belgilanadi. Yurtimiz oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarining bosh vazifasi esa ana shunday ko‘nikmalarga ega kasbi komil mutaxassislarni yetishtirib berishdan iborat. Ma’lumki, oliy ta’lim mamlakatning boshqa jabhalari taraqqiyoti uchun lokomotiv vazifasini o‘taydi. Shu jihatdan, zamonaviy davr talablariga mos keluvchi kadrlarni tayyorlash ishi Murojaatnomaning asosiy masalalaridan biri bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.
O‘tgan asr ta’lim tizimida keng tarqalgan, o‘z xizmatini o‘tab bo‘lgan o‘qitish va mutaxassis tayyorlashning an’anaviy shakllaridan, muayyan qoliplar asosida dars o‘tishdan hozirga qadar voz kechilgani yo‘q. Dunyoda ta’lim sohasida kechayotgan tub o‘zgarishlar, kadrlar tayyorlashning egiluvchanligi, jamiyatning kelajak taraqqiyotiga moslashuvchanligi, yetishtirilayotgan mutaxassislarning qo‘sh ixtisosliligi va ta’limning xalqarolashuvi singari zamonaviy ta’lim jarayonlari hisobga olinmayapti. Zamonaviy mutaxassis modelini shakllantirish jarayonida kishilik taraqqiyotining kamida 20-30 yildan keyingi rivojlanish tendensiyalarini hisobga olish, davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari shunga qarab tayyorlanishga ham e’tibor qaratiladi, degan umiddamiz.
Bundan tashqari, ta’lim tizimida xorijiy tajriba haqida ko‘p gapirilmoqda. Dunyoning ilg‘or ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda natija keltirayotgan tizimni joriy etish bo‘yicha ham har bir oliy ta’lim muassasasi oldiga kechiktirib bo‘lmas vazifalar yuklangan. Biroq bu yo‘nalishda ham olib borayotgan ishlarimiz shoshma-shosharlik, kompaniyabozlik ustiga qurilmoqda. Bu masalada ham tizimli va kompleks yondashuv yo‘q. Bu masalalar ham ushbu muhim hujjatda o‘z ifodasini topib, yurtimizda eng zamonaviy ta’lim tizimini joriy etishdek ezgu ishlar yanada takomillashtiriladi.
Qudratilla OMONOV,Toshkent davlat sharqshunoslikinstituti professori,filologiya fanlari doktori.

manba: O’zA

Comments are closed.