«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

2019 yilda O‘zbekiston benzin ishlab chiqarishni kamaytirdi

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2019 yilning yanvar-dekabr oylarida respublikada avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2018 yilning shu davriga nisbatan kamaydi.

Qayd etilishicha, 2018 yilning shu davrida 1 147,0 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019 yilda — 1 025,1 ming tonna.

Dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmida ham pasayish kuzatildi. 2018 yilda 1 080,8 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019 yilda — 1 030,5 ming tonna.

Shu bilan birga, O‘zbekiston 2019 yil yanvar-dekabr oylarida neft qazib olishni 2018 yilning shu davriga nisbatan (745,7 ming tonna) qisqartirdi — 698,6 ming tonnagacha.

2019 yil yanvar-dekabr oylarida tabiiy gaz qazib olish 59,4 milliard kub metrni tashkil etdi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan kam (60,3 milliard kub metr).

2019 yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston 2,09 million tonnadan ortiq gaz kondensati qazib oldi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan kam (2,14 million tonna).

manba: kun.uz

Comments are closed.