«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Qarshi tumani hokimligida «Hokim va yoshlar» uchrashuvi tashkil etildi

Qarshi tuman hokimligida «Hokim va yoshlar» uchrashuvi tashkil etildi. Tuman hokimi G‘ayrat Turdiyevich Begaliyev rasmiyatchilikdan chetlashib, ochiq va oshkora muloqot tarzida o‘tish tarafdori ekanligini bildirdi.

Tadbirda hududdagi tadbirkorlar, sport musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yigit-qizlar, muammo va takliflari bor yoshlar ishtirok etdi.

Muammolarni o‘rganish va bartaraf etish maqsadida tuman hokimining o‘rinbosarlari, barcha mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ham taklif etildi. Asosiy maqsad yoshlarimizni mustaqil fikrli etib tarbiyalash, ishsizlikni bartaraf etish.

Tadbir ko‘taringki kayfiyatda tashkil etildi. Banklar tomonidan tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun yoshlarga imtiyozli kreditlar beriladi. Ishsiz yoshlar mutasaddilar tomonidan o‘rganilib, ba’zi muammolar joyida hal etildi.

Tadbir so‘ngida yil davomida yuqori natijalarga ya’ni sport, san’at, ta’lim sohasida iqtidorini namoyon etib yuksak cho‘qqilarga erishgan yoshlarimizga tuman hokimligining fahriy yorliq, sertifikat va qimmatbaho sovg‘alari taqdim etildi.

Comments are closed.