«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Qarshi tuman kichik sanoaot zonasi majlislar zalida seminar bo’lib o’tdi

Yig’ilishni Qarshi tuman DSI boshlig’i A.Sariqov boshqarib bordi. Seminarga O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasu huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi xodimlari T.Qurbonov, L.To’lqinov, Qarshi tuman bo’lim boshlig’i B.Jabborov, tuman prokuror o’rinbosari O.Atakov taklif etildi

Seminarda O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Soliq kodeksi»ning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida departamentning viloyat boshqarmasi xodimi T.Qurbonov, Qarshi tuman DSI boshlig’i A.Sariqov ma’ruzalari tinglandi.

Ma’lumki, 2019-yil 30-dekabrda O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Soliq kodeksi» qabul qilindi


Xususan, qabul qilingan soliq Konsepsiyasi doirasida xalqaro ekspertlar Respublikamizda yetakchi mutaxassislar va olimlar bilan hamkorlikda umume’tirof etilgan xalqaro normalar va standartlarga mos keladigan yangi soliq kodeksi qabul qilingan.
O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Soliq kodeksi» loyihasi ishlab chiqildi va O’zbekiston Respublikasi Senat tomonidan ma’qullandi.

Yig’ilishda tadbirkor va fuqarolar ishtirok etishdi.

Comments are closed.