«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Jamshid Iskanderov faoliyatini Janubiy Koreyada davom ettiradi

«Lokomotiv»ning sobiq o‘yinchisi Jamshid Iskanderov faoliyatini K-League’da — Janubiy Koreyaning «Seongnam» klubida davom ettiradi.

O‘zbekiston terma jamoasi yarimhimoyachisi, o‘tgan mavsumda «Lokomotiv»da o‘ynagan Jamshid Iskanderovning Janubiy Koreyaning «Seongnam» klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda koreys klubi matbuot xizmati ham rasman e’lon qildi, deyiladi Olamsport xabarida.

«Seongnam» o‘z tarkibini o‘zbekistonlik Jamshid Iskanderov bilan kuchaytirdi. Iskanderov to‘p bilan yaxshi muomala qila oladi va maydon markazidagi ijodkor futbolchi sanaladi. U shuningdek mamlakat terma jamoasida ham o‘ynaydi va boy tajribaga ega o‘yinchi. Iskanderov, xush kelibsan», — deyiladi klub xabarida.

Eslatib o‘tamiz, «Seongam» Janubiy Koreyaning yuqori divizioni, ya’ni K-League’ ishtirokchisi sanaladi.

manba: gazeta.uz

Comments are closed.