«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

“Bunyodkor” uchinchi bosqichga chiqdi
“Bunyodkor” uchinchi bosqichga chiqdi

Futbol bo‘yicha Osiyo chempionlar ligasining ikkinchi saralash bosqichi doirasida Toshkentnig “Bunyodkor” jamoasi Iroqning “Al Zavra” klubini yirik hisobda yengdi.
Poytaxtimizdagi “Jar” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda “Bunyodkor” jamoasi a’zolari 4:1 hisobida raqiblaridan ustun keldi. O‘yinda Murod Xolmuhammedov, Humoyun Murtozaev (2 marotaba), Boburbek Farhodov raqib darvozasini ishg‘ol etgan bo‘lsa, asosiy vaqtning 89-daqiqasida raqib futbolchisi Abbos Qosim gol urdi.
Shu tariqa, “Qaldirg‘ochlar” musobaqaning uchinchi saralash bosqichiga yo‘l oldi. Ular mazkur bosqichda BAAning “Al Ayn” klubiga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv 28 yanvar kuni Al Ayndagi “Hazza bin Zayd” stadionida bo‘lib o‘tadi. 

Javohir TOShXO‘JAEV, O‘zA

Comments are closed.