«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Bagʻdoddagi AQSH elchixonasi yaqiniga 3ta raketa kelib tushdi

Yanvar oyida Iroqdagi AQSH obʼyektlariga uchinchi bor raketa hujumi uyushtirildi. Qurbonlar boʻlganlar yoʻq.

TOSHKENT, 21 yanv — Sputnik. Seshanba oqshomida Bagʻdoddagi AQSH elchixonasi yaqinidagi «yashil hudud»ga uchta raketa kelib tushdi, deya xabar beradi RIA Novosti Iroq xavfsizlik idorasidagi manbaga tayanib.

«Elchixonadan havo xavfi signallari eshitilmoqda», dedi manba. Otishmadan jabrlanganlar yoʻq.

Soʻnggi kunlarda Iroqdagi Amerika obʼyektlarini bir necha bor oʻqqa tutildi. Xususan, 14 yanvar kuni Bogʻdod shimolida AQShning harbiy kontingenti joylashtirilgan Al-Taji harbiy bazasi oʻqqa tutilgan edi. Ikki kun oldin esa, Amerika askarlari ijoylashgan Balad harbiy bazasiga ham zarba berilna edi. Otishma natijasida jabrlanganlar yoʻq.

Yaqin Sharqdagi keskinlashuv

Dekabr oxirida Amerika kuchlari Suriya va Iroqdagi shia mazhabidagi Katayib Hizbulloh nishonlariga zarba berganidan keyin Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashdi.

Shundan soʻng harakat tarafdorlari Bogʻdoddagi Amerika diplomatik vakolatxonasiga hujum boshladilar, soʻngra AQSH elchixonaga hujum uyushtirishda ishtirok etgan deb hisoblagan Eron generali Kassam Sulaymoniy va Iroq shialari koʻngilli qoʻshinlari rahbarining oʻrinbosari Abu Mahdi al-Muhandis Vashingtonning oʻtkazilgan maxsus operatsiyasi natijasida oʻldirildi.

8 yanvarga oʻtar kechasi Eron AQShning Iroqdagi bazalariga raketa hujumlarini amalga oshirdi, va buni Tehron Sulaymoniyning oʻldirilishi uchun qasos deb atadi.

sputnik.uz

Comments are closed.