«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

23 yanvardan Navoiyda “Universiada” sport o‘yinlari boshlanadi

Joriy yilning 23 yanvardan boshlab, yurtimiz talabalari o‘rtasida sportning 12 ta turi bo‘yicha o‘tkazib kelinadigan “Universiada” sport o‘yinlarining final bosqichiga start beriladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining xabar berishicha, 23–26 yanvar kunlari Navoiy shahri mezbonligida o‘tkaziladigan shaxmat va shashka bahslarida 100 nafarga yaqin talaba-yoshlar g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.

2000 yildan buyon tashkillashtirib kelinayotgan mazkur sport musobaqalari bu yildan boshlab, yangi shaklga o‘tkazildi. Ya’ni joriy yildan e’tiboran “Universiada” sport o‘yinlari Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilib, 4 iyunga qadar davom etadi.

Xabarda aytilishicha, o‘tkaziladigan bellashuvlarda 1 500 nafardan ortiq talaba qatnashadi.

sof.uz

Comments are closed.