«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Xitoy: qurilish ishlariga robotlar jalb etiladi

Xitoyning “Country Garden Holdings” kompaniyasi 2021 yildan boshlab qurilishda ishlovchi robotlarni muntazam ishlab chiqarishga qo‘yadi.

REGNUM agentligining “Reuters” ma’lumoti bilan asoslangan xabariga ko‘ra, bu haqda kompaniya prezidenti Bin Mo bayonot bergan.

Qurilish va ta’mirlash ishlari robotlar zimmasiga qo‘yiladi va bu orqali nafaqat xarajatlar qisqaradi, balki xodimlarning xavfsizligi ham ta’minlanadi. 

Bin Mo robotlarni qishloq xo‘jaligiga ham jalb qilib, butunlay robotlar ishlovchi fermalar tashkil qilish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan.

O‘zA

Comments are closed.