«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Rasul Kusherbayev prezidentning nutqi haqida: «Bizning keyingi besh yilligimizga yetadigan energiya bo‘ldi»

Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda. 

Majlisda deputat Rasul Kusherbayev so‘zga chiqib, davlat rahbarining nutqi haqida gapirdi.

«Menimcha, bizning keyingi besh yilligimizga yetadigan energiya bo‘ldi, desak ham bo‘ladi. Shaxsan o‘zim ham hozir shu narsani his qilib turibman. Buning uchun juda ham katta rahmat. Deputatlarga, xalq vakillariga bo‘lgan ishonchingiz uchun, alohida e’tiboringiz uchun, xalq vakillarining xalqimiz orasida, umuman, jamiyatda yetakchi obro‘ga ega bo‘lishi kerakligi yo‘lida qilayotgan sa’y-harakatlaringiz uchun o‘zim juda ham katta minnatdorchiligimni bildiraman. 

E’tibor bersangiz, so‘nggi ikki-uch yil, umuman, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ochiqlik, oshkoralik bo‘yicha islohotlarning yangi qadamga chiqqani hammamizni o‘zgarishga majbur qilyapti. Bu vazirlik-idora, parlament deymizmi, odamlar deymizmi, hammada o‘z ishiga bo‘lgan bir qarash o‘zgaryapti, eng muhimi, odamlarimizning talabchanlik ruhi rosa ham o‘sdi.

Menga savollar bo‘ladi: ilgari qayerda eding, orqanda kim turibdi? Ochig‘i, ortimda saylovchilar turibdi. Shiddat va shijoatni sizdan olyapman. 

Ayrim byurokratlar sabab, shijoatimiz sinib qolishi mumkin edi. Sizning ishonchingiz kuch bermoqda. Hokimlar ham o‘zgarishga majbur bo‘lyapti», — deydi R. Kusherbayev.

Manba: Kun.uz

Comments are closed.