«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ilk bor spikerning birinchi o‘rinbosari bo‘ladi. Bu lavozimni Akmal Saidov egallashi kutilmoqda

Toshkentda 20-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yangi tarkibining birinchi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Majlisni Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalom ochib berdi.

Tadbirda dastlab Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlar birma-bir tanishtirildi, shundan so‘ng uning kun tartibi tasdiqlandi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov.

Majlis kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan:

  • Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovlari yakunlari to‘g‘risida Markaziy saylov komissiyasi axboroti to‘g‘risida;
  • Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri, uning o‘rinbosarlari lavozimlariga nomzodlar ko‘rsatish bo‘yicha siyosiy partiyalar vakillari kengashini saylash to‘g‘risida;
  • Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlarini saylash to‘g‘risida;
  • Siyosiy partiyalarning fraksiyalarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida;
  • Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitalari ro‘yxatini tasdiqlash va siyosiy partiyalar fraksiyalari o‘rtasida qo‘mitalar raislari lavozimlarini taqsimlash to‘g‘risida;
  • Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitalari raislarini saylash to‘g‘risida.

Qayd etish joiz, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida shu vaqtgacha spikerning birinchi o‘rinbosari lavozimi bo‘lmagan. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu lavozimga shu vaqtgacha parlament quyi palatasida qo‘mitasi raisi vazifasida faoliyat yuritib kelgan Akmal Saidov saylanishi mumkin.

Manba: Daryo.uz

Comments are closed.