«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Myuller Bundesliga rekordini o‘rnatdi

«Bavariya» hujumchisi Tomas Myuller Bundesliganing 20-turidan o‘rin olgan «Gerta»ga qarshi o‘yinda (4:0) gol urdi.

Opta’ning yozishicha, 30 yoshli nemis futbolchisi Germaniya chempionatida qatorasiga 12 yilda gol urgan yagona futbolchiga aylandi. U birinchi to‘pini 2009 yilda kiritgan edi.

Hujumchi «Gerta»ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Biz «Gerta»ni charchatdik, shuning uchun ikkinchi bo‘limda raqib himoyasidagi bo‘shliqlar biroz kattalashdi. Birinchi bo‘limda sabrli o‘ynadik, ikkinchi bo‘limda esa yuqori tempda o‘ynashga harakat qildik», – deydi Myuller.

Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» ushbu bahsda 60-daqiqadan so‘ng 4ta gol urishga erishdi.

Manba: Tribuna.uz

Comments are closed.