«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Italiya Kubogi. “Yuventus” yirik hisobli g‘alaba bilan, chorak finalda

Futbol bo‘yicha Italiya Kubogining 1/8 finali doirasida 15-yanvar, chorshanba kuni Mauritsio Sarri boshqaruvidagi Turinning “Yuventus” klubi o‘z maydonida “Udineze”ni sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuv davomida “keksa sinyora” vakillari Gonsalo Iguain (16), Paulo Dibala (26—penalti, 57) hamda Duglas Kosta (61—penalti) birin-ketin raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa turinliklar “Udineze” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urib yirik hisobda g‘alaba qozondi va musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi (4:0).

Ma’lumot uchun, “Yuventus” chorak finalda “Parma”—“Roma” juftligi g‘olibi bilan bahsga kirishadi.

Comments are closed.