«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

AQSh Iroqdagi IShIDga qarshi operatsiyalarni qayta boshlaydi

Amerikalik harbiylar Iroqdagi IShID terrorchilik tashkiloti jangarilariga qarshi operatsiyalarni va Iroq kuchlarini tayyorlashni qaytadan boshlaydi, deb xabar qiladi “Kommersant”.

Foto: The New York Times

AQShdagi amaldorlardan birining aytishicha, ikki mamlakat harbiylari o‘rtasidagi ayrim qo‘shma operatsiyalar hozirda boshlangan, biroq oldingidek ko‘p emas.

Iroq Qurolli Kuchlarini qayta tayyorlash bo‘yicha ishlarning detallari hozirda ko‘rib chiqilmoqda.

Yana bir amaldorning ma’lum qilishicha, armiya amaldorlari iroqliklar bilan operatsiyalarni qayta boshlashni muhokama qilishmoqda, ammo bu muzokaralarda kimning aniq ishtirok etgani va bu Iroq hukumati tomonidan tasdiqlanganmi yoki yo‘qmi noma’lum.

Avvalroq Iroq parlamenti mamlakatda IShIDga qarshi kurashayotgan Amerika va koalitsiyaga a’zo boshqa davlat qo‘shinlarini mamlakatdan chiqarib yuborishga ovoz bergandi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

daryo.uz

Comments are closed.