«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Android smartfonlarga uzoq kutilgan funksiya qaytadan qo‘shilyapti

Qidiruv giganti o‘zining Google Pixel turkumidagi smartfonlari hamda Android One dasturi doirasiga kirgan qurilmalar uchun «Telefon» standart ilovasining alohida versiyasini chiqarib kelmoqda. Xda-developers dasturchilarining aniqlashlaricha, yaqin orada unga bir zamonlar Android tizimidan olib tashlangan bir funksiya qo‘shiladi.

Bu yerda gap standart Google Phone ilovasidagi qo‘ng‘iroqlarni yozib olish opsiyasi haqida ketmoqda. Google Pixel 4 uchun ishlab chiqilgan Google Phone 43.0.289191107 talqinidagi ilovaning kodlarini «kavlashtirib» ko‘rib, unda qo‘ng‘iroqlarni yozib olish funksiyasi tilga olinganini payqab qolishgan:

Xabaringiz borki, yaqindagina Xiaomi o‘z smartfonlari uchun ayni shu funksiyasi olib tashlangan MIUI 11 proshivkalarini tarqatishini aytgandi. Xullasi kalom, xavotirga o‘rin yo‘q – Google’ning o‘zi yaqin orada bu imkoniyatni barcha Android-smartfonlarga qaytarishi mumkin.

Ayni damda Google Phone ilovasining beta-versiyasida qo‘ng‘iroqlarni yozib olish tugmachasi hali paydo bo‘lgani yo‘q, lekin dasturchilar uning kodida hatto bu opsiyaning logotipi ham mavjudligini aniqlashgan:

Android 6 Marshmallow talqinigacha mazkur funksiya operatsion tizimning o‘zida mavjud bo‘lgan, keyin olib tashlangan edi. Demak, yaqin orada eski funksiya yangi qiyofada qaytishini kutamiz.

Comments are closed.