«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Jonli hujayralardan tarkib topgan robot yaratildi

AQShning Vermont universitetida dunyoda birinchi bo‘lib bus-butun jonli hujayralardan tarkib topgan robot yaratildi. Bu haqda “Science Alert” nashri xabar beradi.

Ixtirochilar uni “ksenorobot” deb atadi. Bu biorobotlar mitti millimetrli o‘lchovda bo‘lib, 500-1000 hujayradan iborat. Ular mustaqil harakatlanadi, mikroskopik o‘lchamdagi “yuk”ni, masalan, ayrim dori tabletkalarini ko‘tara oladi. Olimlar bu robot sun’iy turkumdagi robotlarning yangi avlodi bo‘lib, dasturlangan jonli tana hisoblanishini aytmoqda.

O’zA

Comments are closed.