«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Garov axboroti shaffoflashmoqda

Markaziy bankda bu boradagi o‘zgarishlarga bag‘ishlangan uchrashuvda davlatimiz rahbarining 2018 yil 22 oktabrda imzolangan “Kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qilish kuchaytirilishi hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ushbu yo‘nalishdagi dolzarb masalalarni yechishga qaratilgani alohida qayd etildi.
Xususan, eng ilg‘or xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda, mulkni garovga qo‘yish, lizing va majburiyatlarni ta’minlashning boshqa turlarining amaldagi mexanizmlarini takomillashtirish, ta’minotli operatsiyalarda garovga qo‘yilgan mol-mulkka undiruvni qaratishga oid talablarni bir xillashtirish orqali kreditorlarning huquqlarining himoyasi kuchayadi. Bu esa moliya bozorining sezilarli rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari mol-mulk u yoki bu bitimda ta’minot predmeti bo‘lganda, bu ta’minot predmetining garov sifatida qabul qilinishi, ta’minotga nisbatan huquqiy munosabatlardagi funksional yondashuv asoslarini ham yaratadi. Shuningdek, garov predmetini umumiy tavsiflash asosida garov hamda u bilan ta’minlanayotgan majburiyatni belgilash, mulkni navbatdagi garovga berish bo‘yicha cheklovlarni bartaraf etish, garovga qo‘yish tartib-taomillari soddalashtirildi.
Mutaxassislar mazkur qonun yurtimizda ishbilarmonlik va investitsion muhitni yaxshilashga xizmat qilib, Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisoboti kredit olish indeksi bo‘yicha O‘zbekistonning o‘rni sezilarli darajada ko‘tarilishiga asos yaratadi.

O‘zA

Comments are closed.