«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Sho‘rchidagi maktab-internatning sobiq g‘aznachisi sheriklari bilan birga 278 xodimning ish haqini “yeb ketgani” aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sho‘rchi tuman bo‘limi tomonidan tumandagi 125-sonli maktab-internatning moliyaviy faoliyati o‘rganildi, deya xabar bermoqda idora matbuot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, maktab-internatning sobiq g‘aznachisi Q.N. va boshqalar hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish orqali 278 nafar xodimning jami 117,8 million so‘m ish haqini naqd shaklda olib, shaxsiy manfaatlariga ishlatib yuborgan.

“Mazkur holat yuzasidan Q.N. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, — deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati axborotida.

Comments are closed.