«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Kanada bosh vaziri ittifoqdoshlari bilan maslahatlashmasdan qaror qabul qilgan AQShni tanqid qildi

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo AQSh o‘z ittifoqdoshlari bilan maslahatlashmasdan qaror qabul qilayotganini bildirdi, deya xabar beradi “Kommersant”.

Tryudoning fikricha, agarda Eron va AQSh o‘rtasidagi munosabat bu qadar keskinlashmaganda, Tehronda falokatga uchragan Ukrainaning Boeing samolyoti ichidagi 57 nafar kanadalik tirik bo‘lardi.

“AQSh o‘z qarorlarini qabul qilmoqda. Biz xalqaro hamjamiyat sifatida yirik muammolar bilan ishlashga harakat qilyapmiz. Biroq ayrim hollarda davlat o‘z ittifoqdoshlarini ogohlantirmasdan harakat qilmoqda”, — deydi bosh vazir.

Tryudoning qo‘shimcha qilishicha, u AQSh prezidenti Donald Tramp bilan aviafalokat borasida gaplashgan. “Men kanadaliklar boshdan kechirayotgan juda katta qayg‘u va yo‘qotishlar haqida gapirdim, shuningdek, bu qanday sodir bo‘lganligi, yana takrorlanishining oldini olish uchun nima qilishimiz kerakligi haqida aniq javoblar talab qildim”, — deydi Kanada bosh vaziri.

Mavzuga doir:

Ma’lumot uchun, 8-yanvar kuni Eronda Ukrainaning bortida 176 kishi bo‘lgan Boeing samolyoti quladi. Halokat oqibatida laynerning barcha yo‘lovchilari halok bo‘ldi.

Manba: Daryo.uz

Comments are closed.