«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

2020 yil 1 martdan yangi namunadagi kadastr pasporti joriy qilinadi

2019 yilning 12 dekabr kuni “Ko‘chmas mulk obekti kadastr pasportining yangi namunasini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 987-sonli qarori qabul qilindi. 

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, ko‘chmas mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan mazkur qarorga muvofiq 2020 yil 1 martdan boshlab yangi namunadagi pasport bosqichma-bosqich joriy etiladi:

2020 yil 1 martdan boshlab — Toshkent shahrida, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida;

2020-2022 yillarda bosqichma-bosqich — boshqa viloyatlarda va Qoraqalpog‘istonda.

Qarorga ko‘ra, ko‘chmas mulk obektiga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelgan, boshqa shaxsga o‘tgan, bekor bo‘lgan yoki ko‘chmas mulk obektining huquqiy holati o‘zgarganligini tasdiqlash yuzasidan murojaat qilinganda, ariza beruvchiga davlat xizmatlari markazlari orqali yangi namunadagi kadastr pasporti beriladi.

Comments are closed.