«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Zidan — “Real” tarixidagi ikkinchi eng sovrindor murabbiy. U har 19 ta o‘yinda bitta sovrin yutmoqda

Madridning “Real” klubi Ispaniya Superkubogi finalida “Atletiko”ni mag‘lubiyatga uchratdi (0:0, penalti — 4:1) va sovrinni qo‘lga kiritdi.

Bu Zinedin Zidanning madridliklar boshqaruvidagi 10-sovrini bo‘ldi. Avvalroq 47 yoshli mutaxassis “Real” bilan uch bor Chempionlar Ligasi, Ispaniya chempionati va Superkubogi, ikki martadan Yevropa Superkubogi hamda klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida g‘olib chiqqandi.

Bu “Real” tarixidagi ikkinchi eng yaxshi natija hisoblanadi. Bu borada birinchi o‘rinni 14 ta sovrin bilan Migel Munyos egallab turibdi. Keyingi o‘rinlarda esa Luis Molovni (8) va Visente del Boske (7) bormoqda.

Fransiyalik mutaxassis “qaymoqranglilar” boshqaruvida 187-o‘yinda ishtirok etdi. Bu esa Zidan har bir 19-uchrashuvda bitta sovrinni qo‘lga kiritayotganini anglatadi.

Shuningdek, bu Zidan uchun “Real” boshqaruvidagi 9-final bo‘ldi. Zizu ularning barchasida g‘olib chiqdi.

Comments are closed.