«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi: “Ko‘ganli” mahallasidagi yo‘l ta’miri joriy yilning 25-yanvaridan boshlanadi

Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi “Daryo”da e’lon qilingan “Televideniyedanmiz deb kelishdi, vazirlikdanmiz deb o‘rganishdi — natija yo‘q. Qumqo‘rg‘onliklarning mutasaddilarga ishonchi so‘ngan” sarlavhali tanqidiy maqolaga munosabat bildirdi.

Aytilishicha, Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Ko‘ganli” mahallasida yashovchi aholining yo‘l nosozligi bo‘yicha qilgan murojaatida keltirilgan 4R105 “Darband—Boysun—Elbayon” davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘lining 70-76 kilometrlar oralig‘idagi qismi ushbu mahalla hududidan o‘tgan. Mazkur yo‘l qoplamasining yaroqlilik muddati tugaganligi tufayli yo‘lda o‘nqir-cho‘nqirlar paydo bo‘lgan.

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17—18-oktabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan majlis bayoniga ko‘ra davlat ahamiyatiga ega 4R-105 “Darband—Boysun—Elbayon” avtomobil yo‘lining Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlari hududidan o‘tgan 70-89 km qismini 2020-yilda joriy ta’mirlash vazifasi belgilangan. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-oktabrdagi 871-sonli qarorida ham 2020-yilda mazkur yo‘llarni joriy ta’mirlash rejalashtirilgan. Shunga ko‘ra yo‘lni ta’mirlash ishlari joriy yilning 25-yanvaridan boshlab amalga oshiriladi, — deyiladi hokimlik axborot xizmati bergan ma’lumotda.

Manba: daryo.uz

Comments are closed.