«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Eron Trampning tinchlikka chaqirig‘iga munosabat bildirdi

Eronning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili Majid Taxt-Ravanchi AQSh prezidenti Donald Trampning tinchlik muzokaralarini olib borishga tayyor ekanligi haqidagi so‘zlariga munosabat bildirdi, deb yozadi Reuters.

Taxt-Ravanchi Trampning taklifini “mantiqsiz” deb atadi. “Eron hukumati AQSh prezidenti tomonidan va’da qilingan sanksiyalar fonida bu so‘zlarga shunday baho berdi”,— deydi u.

U shuningdek, “Vashington ikki tomonlama dushmanlikni kuchaytirish uchun qadam boshlaganini” ham qo‘shimcha qildi.

Taxt-Ravanchining so‘zlari Eronning Tramp bayonotiga ilk munosabati bo‘ldi.

Tramp o‘z bayonotida Eronga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlanayotganini, biroq qurolli ziddiyat avj olmasligini aytib o‘tdi.

Mavzuga doirUrush bo‘lmaydi. Tramp Eronning zarbalariga munosabat bildirdi

Manba: daryo.uz

Comments are closed.