«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Eronning raketa hujumidan keyin neft narxi oshib ketdi

Eron AQSHning Iroqda joylashgan harbiy bazalariga hujum qilgani haqida xabar bergan edik. Raketa hujumidan 1 soat o‘tar-o‘tmas dunyo bozorida neftning narxi keskin oshishi kuzatilmoqda. 

Masalan, g‘arbiy Texas tipidagi neft narxi birjalarda 4% ga oshdi. Ayni vaqtda uning narxi 65,28 AQSH dollarini tashkil etmoqda. 

Brent markali neftning xalqaro bozorlaridagi narxi 3,54 ga oshib, 70,72 dollarga sotilmoqda.

AQSH askarlari joylashgan Iroq g‘arbidagi Ayn al-Asad harbiy-havo bazasi Eron tomonidan raketa hujumiga uchradi. Aviabazaga 10 ga yaqin raketa uchirilgani haqida xabar bergan Tehron, hujum natijasida ob’ekt “to‘liq yo‘q qilingani”ni e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, Eron-AQSH munosabatlari AQSH tomonidan general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilishi ortidan keskinlashdi.

Manba: Qalampir

Comments are closed.