«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Eron AQSHning Iroqdagi ikki bazasiga hujum qildi Olam

AQSH askarlari joylashgan Iroq g‘arbidagi Ayn al-Asad harbiy-havo bazasi Eron tomonidan raketa hujumiga uchradi. Bu haqda bugun, 8 yanvar, kuni Islom inqilobi soqchilar korpusi tomonidan tarqatilgan bayonotda aytilgan.

Hujum eronlik general Qosim Sulaymoniyning o‘limi uchun o‘ch olish harakati deb ataldi. Aviabazaga 10 ga yaqin raketa uchirilgani haqida xabar bergan Tehron, hujum natijasida ob’ekt “to‘liq yo‘q qilingani”ni e’lon qildi.

AQSH Mudofaa vazirligi o‘zining ikkita bazasiga hujum qilingani to‘g‘risida xabar berdi. Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, Erbildagi baza ham raketa zarbasiga uchragan. AQSH harbiylariga ko‘ra, Eron o‘ndan ortiq ballistik raketalar uchirdi.

AQSH Mudofaa vazirligi o‘zining ikkita bazasiga hujum qilingani to‘g‘risida xabar berdi. Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, Erbildagi baza ham raketa zarbasiga uchragan. Pentagon yetkazilgan zararni hali ma’lum qilmadi. AQSH harbiylariga ko‘ra, Eron o‘ndan ortiq ballistik raketalar uchirdi. 

Eron va AQSH munosabatlari Iroqda eronlik general Qosim Sulaymoniy o‘ldirilishi ortidan norasmiy urush holatiga kelib qoldi.

Eron tashqi siyosatidaning bosh strategi, Islom inqilobi posbonlari korpusining maxsus bo‘linmasi “Quds” qo‘mondoni, amalda Eronda oyatulloh Ali Homanaiydan keyingi ikkinchi odam sanalgan Qosim Sulaymoniy 3 yanvar kuni Bag‘doddagi aeroport hududida amerikalik harbiylarning dron orqali bergan raketa zarbalari oqibatida halok bo‘ldi.

Manba: Qalampir

Comments are closed.