«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

CHIROQCHI TUMANI: BILIMDONLAR MASKANI

Viloyatimizning so’lim go’shalaridan biri, Chiroqchi tumanidagi 2-umumiy o’rta ta’lim maktabi 1980-yilda qurilgan. 750 o’ringa mo’ljallangan bu ta’lim dargohida rus va ingliz tillarida ta’lim-tarbiya beriladi. Maktabda 64 nafar oliy, 4nafar to’liqsiz oliy va 4 nafar o’rta maxsus pedagog xodimlar faoliyat olib borishadi.

             Sportning futbol, basketbol va kurash turlari bo’yicha to’garaklar tashkil etilgan va bu to’garaklar o’z natijasini bermoqda. Jumladan, Dilmuhammad UROQOV belbog’li kurash bo’yicha Belarussiya poytaxti Minsk shahrida o’tkazilgan olimpiadada faxrli 1-o’rinni egallab, O’zbekiston bayrog’ini ko’klarga ko’tardi.

              Fan olimpiadalaridan: 3-“A” sinf o’quvchisi Sabina NARZULLAYEVA Respublikada miqyosida o’tkazilgan olimpiada g’olibasi;

              5-“B” sinf o’quvchisi Akobir JO’RAYEV ingliz tili fanidan viloyat va Respublika g’olibi:

10-“V” sinf o’quvchisi Kamronbek HASANOV matematika fanidan Respublika g’olibi:

Shu bilan birga pedagoglardan Nugayeva Elmira, Aripova Guljahon xalq ta’limi a’lochisi unvoniga sazovor bo’ldilar.

Comments are closed.