Bek Air aviakompaniyasining 27-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan tong soat 7:22 da Olmaotadan Nursulton (Ostona)ga Z2100 reys bilan parvoz qilayotgan samolyoti havoga ko‘tarilish vaqtida balandlikni yo‘qotib, beton to‘siqni buzib o‘tgan. Bu haqda Qozog‘iston Sanoat va infratuzilmaviy rivojlanish vazirligiga asoslanib, Tengrinews xabar bermoqda.
“Hodisa sabablari aniqlanguniga qadar ushbu turdagi samolyotlar parvozi vaqtincha to‘xtatildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotda 95 nafar yo‘lovchi va 5 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan”, — deyiladi rasmiy axborotda.
Manba: Dy.uz