«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Jomboyda Spark haydovchisi 2 ayolni urib yubordi. Ulardan biri vafot etdi

Samarqand viloyatining Jomboy tumanida inson o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi xabar berdi.

Foto: IIV Tergov boshqarmasi

22-dekabr kuni taxminan soat 23:30 larda haydovchi 30 yoshli A.Z. boshqaruvidagi Spark rusumli avtomashinasini Jomboy tuman “Sarichashma” MFY hududidan o‘tuvchi 4R48 avtomobil yo‘lining 4-kilometrida “Eshimoqsoq—Jomboy” yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib borayotgan vaqtida yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalar 30 yoshli F.R. va Z.R.larni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Natijada piyoda F.R. turli darajadagi tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlashmasiga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan, Z.R. esa og‘ir tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jomboy tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlаri olib borilmoqda.

daryo.uz

Comments are closed.