«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

A Seriya. “Roma” mehmonda yirik g‘alabaga erishdi

Futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 17-turi doirasida 20-dekabr, juma kuni Paulu Fonseka boshqaruvidagi Rimning “Roma” klubi safarda “Fiorentina” bilan bellashdi.

O‘yin davomida rimliklar klubi vakillari Edin Jeko (19), Aleksandar Kolarov (21), Lorenso Pellegrini (73) va Nikolo Zaniolo (88) raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, florensiyaliklarning goliga xorvatiyalik yarim himoyachi Milan Badel (34) mualliflik qildi.

Shu tariqa Rim klubi mehmonda “Fiorentina” ustidan yirik 4:1 hisobida ustun keldi va 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng musobaqa jadvalida 4-o‘rinda borayotgan “Roma” ochkolari sonini 35 taga yetkazib oldi. “Fiorentina” esa 17 ochko bilan 14-o‘rinni band qilib turibdi.

A Seriya

17-tur bahsi

20-dekabr, juma

“Fiorentina”—“Roma” 1:4

Gollar: 0:1 — 19 Jeko, 0:2 — 21 Kolarov, 1:2 — 34 Badel, 1:3 — 73 Pellegrini, 1:4 — 88 Zaniolo

“Fiorentina”: Drongovski, Dalbert, Milenkovich, Petsselya, Lirola (Sottil, 83), Kastrovilli (Esserik, 83), Badel, Boateng (Pedro, 66), Pulgar, Kaseres, Vlaxovich

“Roma”: Lopes, Manchini, Smolling, Kolarov, Florensi, Zaniolo (Spinatssola, 90), Veretu, Diavara, Pellegrini (Under, 86), Perotti (Mxitaryan, 76), Jeko

Ogohlantirishlar: Petsselya (20), Zaniolo (38), Kaseres (45), Kolarov (45), Diavara (57), Kastrovilli (64), Vlaxovich (89)

Manbaa: Daryo.uz

Comments are closed.