«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Yakkabog’ tumani: Navoiy dilbandlari

Dilbar Rahimova 1982-2015 yilgacha ona -tili va adabiyot fan o’qituvchisi va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari vazifasida faoliyat ko’rsatgan.Hozirda esa Yakkabog’ tumanidagi ‘Navoiy dilbandlari» MTT da rahbar lavozimida ishlab kelmoqda. Bu MTT 2018-yil tashkil topgan bo’lib 100 o’ringa mo’ljallangan. 10 nafar malakali tarbiyachilar bolajonlarga ta’lim tarbiya berib kelmoqda.

Bolajonlar uchun barcha sharoitlar jumladan yotoq kravatlari, kiyim javonlari va o’quv qurollari bilan to’laqonli ta’minlangan. Yakkabog’da shunday sertalab , orom va bilim dargohlaridan biri ‘Navoiy dilbandlari» dir. Dilbar opa  Rahimova rahbarlik qilayotgan jamoaning mehrigiyosi shu qadar jozibali-ki atigi bir yil ichida mehnatlari evaziga katta hurmat va ehtiromga sazovor bo’lmoqda. Ayni vaqtdagi katta rejalarimdan biri tarbiyalanuvchi  bolajonlar uchun risoladagidek shart — sharoitlar yaratishlar yaratishdir deydi ‘Navoiy dilbandlari » MTT raxbari Dilbar opa Rahimova.

Ma’mura ERGASHOVA,

o’z muxbirimiz.

Comments are closed.